:  Metrostat Neoretsept bilan

Tarkibi:

Faol modda: Metronidazol – 500 mg. Yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

:  Metrostat Neo

Farmakalogik guruhi:

Protozoylarga qarshi vosita.

Dori shakli:

Infuziya uchun eritma.

Yashil tusli biroz sarg‘ish tiniq suyuqlik.

Protozoylarga qarshi vosita.

Organizmning ko‘pchilik to‘qima va suyuqliklarida, shu jumladan o‘pka, buyrak, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, miya, safro, so‘lak, amniotik suyuqlik, abstsesslar bo‘shlig‘i, qin sekreti, urug‘ suyuqligi, ko‘krak sutida bakteritsid kontsentratsiyalariga erishiladi. Gemato-entsefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Taqsimlanish hajmi: (Vα): kattalarda – taxminan 0,55 l/kg; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54–0,81 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20% ni tashkil qiladi. Qondagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 30-60 minutdan keyin erishiladi, terapevtik kontsentratsiyasi 6-8 soat davomida saqlanadi. Preparatning qondagi minimal kontsentratsiyasi (Smin) keyingi yuborishda – 18 mkg/ml. Normal safro hosil bo‘lishida metronidazolning safrodagi kontsentratsiyasi vena ichiga (v/i) yuborilganida, plazmadagi kontsentratsiyasidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glyukouronlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksi metronidazol) ham protozoylarga va mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Jigarning me’yoriy faoliyatida yarim chiqarilish davri (T1/2) – 8 soat (6 dan 12 soatgacha), jigarning alkogolli shikastlanishida – 18 soat (10 dan 29 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: homiladorlikning 28-30 haftaligida tug‘ilgan – taxminan 75 soat, 32-35 haftaligida muvofiq – 35 soat, 36-40 haftaligida – 25 soat. Buyrak orqali – 60-80%, (20% o‘zgarmagan holda), ichaklar orqali – 6-15% chiqariladi. Buyrak klirensi – minutiga 10,2 ml. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga qayta yuborilganidan keyin metronidazolning qon zardobida to‘planishi kuzatilishi mumkin (shuning uchun buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qabul qilish sonini kamaytirish kerak). Metronidazol va asosiy metbolitlari gemodializda qondan tez chiqariladi (T½ 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda oz miqdorda chiqariladi.

Protozoy infektsiyalari: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abstsessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidioz, lyamblioz, teri leyshmoniozi, trixomonad vaginit, trixomonad uretrit, Bacteroides spp. (shu jumladan B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infektsiyalar: suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infektsiyalari, shu jumladan meningit, miya abstsessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiyemasi va abstsessi. Bacteroides turlari, shu jumladan B.fragilis guruhi, Slostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari tomonidan chaqirilgan infektsiyalar: qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, jigar abstsessi), chanoq a’zolarining infektsiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abstsessi, jarrohlik operatsiyalaridan keyingi qin ravog‘i infektsiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarining infektsiyalari, sepsis. Soxtamembranoz kolitda (antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq) qo‘llaniladi. Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi. Operatsiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa chambar ichak, to‘g‘ri ichak oldi sohasidagi aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operatsiyalar) oldini olish. O‘smalari bo‘lgan bemorlarni nur bilan davolash (o‘smaning chidamliligi o‘sma hujayralaridagi gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, radiosensibilizatsiyalovchi  vositasi sifatida) qo‘llaniladi. Alkogolizmda qo‘llaniladi .

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga boshlang‘ich 0,5-1 g dozada v/i tomchilab (infuziyaning davomiyligi 30-40 minut), so‘ngra esa, har 8 soatda 500 mg dan minutiga 5 ml tezlikda yuboriladi. Yaxshi o‘zlashtirilganida birinchi 2-3 infuziyadan keyin oqim bilan yuborishga o‘tiladi. Davolash kursi – 7 kun. Zarurati bo‘lganida v/i ga yuborish uzoqroq muddat davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 g. Ko‘rsatmalar bo‘yicha ichga, 400 mg dozada sutkada 3 marta erishilgan samarani bir maromda ushlab turuvchi qabulga o‘tish amalga oshiriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xuddi shunday bir martalik 7,5 mg/kg dozadagi tartibda buyuriladi. Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o‘tkaziladi. Profilaktika maqsadida kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga v/i tomchilab operatsiya arafasida 0,5-1 g dan, operatsiya kuni va keyingi kunlari sutkada 1,5 g dan (500 mg dan har 8 soatda) buyuriladi. 1-2 kundan keyin ichga bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBЕ) va kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda maksimal sutkalik doza – 1 g dan ko‘p emas, qabul qilishlar soni – sutkada 2 marta. Radiosensibilizatsiyalovchi vosita sifatida v/i tomchilab 160 mg/kg yoki tana yuzasining 4-6 g/kv. m hisobidan nurlanishni boshlashdan 0,5 – 1 soat oldin yuboriladi. Nur bilan davolashning har bir seansidan oldin 1-2 hafta davomida qo‘llanadi. Nur bilan davolashning qolgan davrida metronidazol qo‘llanmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan, kurslik – 60 g dan oshmasligi kerak. Nurlanish oqibatidagi intoksikatsiyani bartaraf qilish uchun glyukoza, gemodez yoki natriy xloridining izotonik eritmalarini tomchilab yuborish qo‘llanadi.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchig‘i, qabziyat, og‘izda «metall» ta’mi, og‘izni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, ta’sirchanlik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, periferik neyropatiya. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, teri toshmasi, terini qizarishi, burunni bitishi, isitma, artralgiyalar. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: dizuriya, tsistit, poliuriya, siydikni tutib turaolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigarrang rangga bo‘yalishi. Mahalliy reaktsiyalar: tromboflebit (og‘riq, inyektsiya qilingan joyda qizarish va shish). Boshqalar: neytropeniya, leykopeniya, EKG da T tishini tekislanishi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezdagi), MNT organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi, (katta dozalarda buyurilgan holda), homiladorlik (I uch oyligi), laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan – homiladorlik (II-III uch oyliklar), buyrak/jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Vena ichiga yuboriladigan Metronidazolni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi. Bilvosita antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo‘lishi vaqtini uzayishiga olib keladi. Disulfiramga o‘xshab, etanolni o‘zlashtiraolmaslikni chaqiradi. Disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llash turli nevrologik simptomlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin (buyurishlar orasidagi interval – 2 haftadan kam bo‘lmasligi kerak). Tsimetidin metronidazolning metabolizmini ingibitsiya qiladi, bu qon zardobida uning kontsentratsiyasini oshishiga va nojo‘ya ta’sirlarini rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Jigar mikrosomol oksidlanish fermentlarini rag‘batlantiruvchi preparatlarni (fenobarbital, fenitoin) bir vaqtda buyurish, metronidazolning eliminatsiyasini tezlashtirishi mumkin, buning natijasida uning plazmadagi kontsentratsiyasi pasayadi. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, oxirgisining plazmadagi kontsentratsiyasi oshishi va intoksikatsiya belgilari rivojlanishi mumkin. Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta’sirini kuchaytiradi.

Davolash davrida etanolni qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaktsiyalar rivojlanishi mumkin: qorinda spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga to‘satdan qon oqib kelishi yuz berishi mumkin). 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda amoksitsillin bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Uzoq muddat davolanishda qon manzarasini nazorat qilish kerak. Leykopeniyada davolashni davom ettirish infektsion jarayonni rivojlanish xavfiga bog‘liq. Ataksiya, bosh aylanishini paydo bo‘lishi va bemorlarda boshqa har qanday nevrologik holatning yomonlashishi davolashni to‘xtatishni talab qiladi. Treponemalarni immobilizatsiya qilishi va soxtamusbat Nelson sinamasiga olib kelishi mumkin. Siydikni to‘q rangga bo‘yaydi. Ayollardagi trixomonadali vaginitni va erkaklardagi trixomonadali uretritni davolashda jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Davolash xayz ko‘rish vaqtida to‘xtatilmaydi. Trixomoniazni davolashdan keyin hayz ko‘rishning navbatdagi uch tsikli davomida xayz ko‘rish oldidan va keyin nazorat sinamalarini o‘tkazish lozim. Lyambliozni davolashdan keyin, agarda belgilari saqlansa, 3-4 haftadan keyin bir necha kun oralig‘ida ahlatni 3 marta tahlilini (ayrim muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya chaqirgan laktozani o‘zlashtiraolmaslik bir necha hafta yoki oylar davomida lyamblioz belgilarini eslatib saqlanishi mumkin) o‘tkazish lozim. Laktatsiya davrida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin .

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yuborish (preparat ichga qabul qilingan holda), gemodializni o‘tkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun 5 mg/ml eritma – 100 ml dan shisha butilkalarda.